Jahon | 22:54 / 22.01.2026
1683
2 daqiqa o‘qiladi

Makronning ko‘zoynagi iVision Tech kompaniyasi qiymatini 4 million dollarga oshirdi

Fransiya prezidenti Davosdagi nutqi paytida Pacific S.01 ko‘zoynagini taqib, shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uchuvchilarnikiga o‘xshash ko‘zoynakda Davosdagi yillik Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zlaganidan keyin iVision Tech ishlab chiqaruvchisi aksiyalari qiymati bir kunda deyarli 28 foizga ko‘tarildi.

Fransiyaning Henri Julien elita ko‘zoynaklar brendiga egalik qiluvchi kompaniya Makron Pacific S.01 modelini taqqanini, uning narxi 659 yevro (taxminan 9,3 mln so‘m) ekanini ma’lum qildi. Bosh direktor Stefano Folcherning tushuntirishicha, bu «shubhasiz, aksiyalarga katta ta’sir ko‘rsatgan».

Aksiyalarning o‘sishi Italiya kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasiga taxminan 4,1 million dollar qo‘shdi.

Makronning ko‘zoynakdagi tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirdi, hamma joyda 1986 yilda Tom Kruz ishtirokidagi «Top Gan» filmi eslandi. Hatto AQSh prezidenti Donald Tramp ham bu borada fikr bildirdi.

Yelisey saroyining tushuntirishicha, Makronning quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynakni taqishiga ko‘z qon tomirlari yorilishidan himoya qilish zarurati sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid