O‘zbekiston | 09:50
2335
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik mergan Osiyo chempionatida jahon rekordini o‘rnatdi

Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. O‘smirlar toifasida Oxunjon Abduqodirov turnir g‘olibi bo‘lib, yangi jahon rekordini qayd etdi.

Foto: "Dunyo" AA

Qatar poytaxti Doha shahrida stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smirlar toifasida g‘olib bo‘lgan Oxunjon Abduqodirovning natijasi alohida e’tirof etildi — u chempionatda yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Shuningdek, Yaroslava Eshtayeva kumush medalga sazovor bo‘ldi. O‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda esa Oxunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Shohrux Sadirov bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Qit’a birinchiligidagi mazkur natijalar o‘zbekistonlik merganlarning tayyorgarligi va xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.

Mavzuga oid