Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish joriy etiladi
Mahallalarda aholi muammolarini har bir xonadon kesimida o‘rganish, ularni “Raqamli mahalla” platformasiga kiritish hamda davlat organlari tomonidan hal etilishini onlayn nazorat qilishga qaratilgan yangi tartibni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” vakillari har bir xonadondagi muammolarni belgilangan reja-grafik asosida o‘rganib boradi. Aniqlangan muammolar bosqichma-bosqich “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, muammolarni tegishliligi bo‘yicha tezkor hal etish maqsadida platformada sun’iy intellekt orqali ularni tegishli vazirlik va idoralarga avtomatik taqsimlash imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan. Muammo hal etilmagunga qadar uning ijro holati Vazirlar Mahkamasi tomonidan qat’iy nazorat qilib borilishi belgilanmoqda.
Tashabbus doirasida aholi murojaatlari va aniqlangan muammolarning ijobiy hal etilishi vazirlik va idoralar, shuningdek, ular rahbariyati faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, “xonadonbay” aniqlangan muammolar ijrosining ta’minlanishi Hisob palatasi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan qat’iy nazoratga olinadi. Nazorat natijalari bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga ma’lumot kiritib borish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
18:56 / 23.01.2026