Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
Institutda “Mahalla boshqaruvi”, “Hududiy rejalashtirish va rivojlanish”, “Liderlik va barqaror rivojlanish”, “Ijtimoiy loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish” ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
«Mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish va Yangi O‘zbekiston qiyofasini shakllantirish»ga qaratilgan ustuvor islohotlar dasturi loyihasiga ko‘ra, Mahallani rivojlantirish milliy instituti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari tashkil etiladi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mahalla tizimidagi rahbar va mutaxassis kadrlarning aniq reja-grafikka asosan bir yilda bir marta malakasini oshirish tizimini joriy qilinadi.
Milliy institutda “Mahalla boshqaruvi”, “Hududiy rejalashtirish va rivojlanish”, “Liderlik va barqaror rivojlanish”, “Ijtimoiy loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish” ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bosqichida quyidagi shartlarda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
– ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yillik;
– ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik o‘qitish tizimi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan Milliy institutga uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi hamda institut va uning hududiy filiallari bino bilan ta’minlanadi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab jami 120 nafar mahalla tizimi xodimi va “mahalla yettiligi” vakili magistraturada o‘qishi tashkillashtiriladi.
Mavzuga oid
10:06 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - ona yurtimizning go‘zal timsoli
13:22 / 10.03.2026
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
19:32 / 24.01.2026
Barcha mahallalarning nomlari qayta ko‘rib chiqiladi
15:09 / 24.01.2026