Taqdim etilayotgan taşabbusga köra, “Raqamli mahalla” elektron platformasida mahallalar infratuzilma, tadbirkorlik, kambağallik, işsizlik, jinoyatçilik, nizoli oilalar hamda aholi murojaatlari kabi körsatkiçlar kesimida tahlil qilinib, “qizil”, “sariq”, “yaşil” toifalarga ajratilişi közda tutilgan.
Şuningdek, tegişli tuman (şahar) hokimlari “qizil” va “sariq” toifadagi har bir mahalla böyiça körsatkiçlarni yaxşilaşga qaratilgan yillik dastur işlab çiqişi, tasdiqlaşi va mas’ul davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oşirişi belgilanmoqda.
Taşabbus doirasida har bir körsatkiç sohasi böyiça tegişli davlat organlariga biriktiriladi. Bunda “qizil” va “sariq” mahallalardagi körsatkiçlarni yaxşilaş jarayoni hokimliklar, vazirlik va idoralar faoliyatini baholaş mezoni sifatida ham belgilanişi nazarda tutilgan.
Qolaversa, ijtimoiy rivojlaniş va infratuzilma dasturlari, tarmoq dasturlari hamda davlat organlarining yillik rejalarini işlab çiqişda “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar muammolarini birinçi navbatda hal qiliş ustuvor vazifa sifatida qöyilişi rejalaştirilmoqda.













