Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
Loyiha doirasida dastlabki partiya sifatida og‘irligi 20 kg, umumiy qiymati 2,9 million AQSh dollariga teng oltin xomashyosi qayta ishlash jarayoniga jalb etilgan.
Surxondaryoda ilk bor Afg‘onistondan olib kelingan oltin xomashyosi qayta ishlash rejimida ishlab chiqarishga yo‘naltirildi.
Shu munosabat bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Termiz Gold Production” MChJ rahbariyati hamda Afg‘onistonning oltin qazib oluvchi korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ta’kidlanganidek, shu paytgacha Afg‘oniston orqali tranzit yo‘li bilan boshqa davlatlarga olib o‘tilgan oltin xomashyosi endilikda "bojxona hududida qayta ishlash" rejimi asosida qayta ishlanadi.
Ushbu jarayonda yarim tayyor zargarlik buyumlari ishlab chiqarilib, keyinchalik yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot sifatida eksportga yo‘naltiriladi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida dastlabki partiya sifatida og‘irligi 20 kg, umumiy qiymati 2,9 million AQSh dollariga teng oltin xomashyosi qayta ishlash jarayoniga jalb etilgan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
21:34 / 13.06.2026