Jamiyat | 19:10
1202
3 daqiqa o‘qiladi

Germaniya orzusi | SUBYEKTIV (2-qism)

Germaniya – ish boshlash uchun hech qachon kech bo‘lmaydigan, istalgan yoshda karera qurish mumkin bo‘lgan kamdan kam davlatlardan biri. Faqat yuqori maoshlar emas, kuchli ijtimoiy himoya va iqlim migratsiyasi uchun ham butun dunyo muxojirlari bu davlatni tanlashadi. Qaysi sohalarda talab bor, o‘rtakashlarsiz mustaqil ish topish, firibgarlarni farqlash, oyliklar va soliqlar, hattoki Germaniyada turmush qurish masalalari — bu katta mavzu! 1-qismda “Germaniya mo‘jizasi” haqida ko‘rsatuv tayyorlagan SUBYEKTIV bu safar Olmoniyaga ketish yo‘llari haqida hikoya qiladi.

Germaniya haqida tayyorlagan ko‘rsatuvimizning 1-qismi urushdan yengilgan bu davlat qanday qilib qisqa vaqt ichida dunyo “iqtisodiy mo‘jizasi”ni yarata olganiga bag‘ishlandi. Ikkiga bo‘lingan olmon davlati va ikki Koreyani, bugungi Germaniya bilan Markaziy Osiyoni solishtirdik. Xalqni hukumatdan ustun ko‘radigan parlament, ko‘p qavatli uyda yashaydigan hukumat rahbari, 25 mingga yaqin qasrlar, cheklanmagan tezlik yo‘llari, qulay ekologiya va “sovetcha” Berlin haqida juda qiziqarli mahlumotlarga boy dastur tayyorlagan edik.

2-qismda Olmoniyadagi o‘zbekistonliklar u yerga to‘g‘ri migratsiya qilish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishishadi.

Ketish istagi tug‘ilganidan boshlab u yerlarda ishga joylashishgacha bo‘lgan yo‘l oson emas. Lekin aniq maqsad va to‘g‘ri yo‘nalish immigratsiya qiyinchilarini yengillashtiradi. Bugungi ko‘rsatuv esa Germaniya haqidagi tasavvurlaringizni yanada mustahkamlaydi, deb umid qilamiz. Ko‘ring, fikrlaringizni video izohlarida qoldiring. Ko‘rsatuv havolasini Olmoniyaga ketish istagida yurganlar bilan ulashing – manfaatli bo‘ladi.

Ssenariy muallifi va boshlovchi Sardorbek Usmoniy
Hammuallif Ibrohim Samadov
Videotasvirchi va montaj ustasi Muhammadjon G‘aniyev

Mavzuga oid