Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Tursunov ham qamoqqa olingani ma’lum bo‘ldi
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov ham tergovda va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Rustam Tursunov / Foto: IIV
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshlig‘i Rustam Rahmonovich Tursunovga nisbatan ham tergov ishlari boshlangan va u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, u ham xuddi ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev bilan bitta ish doirasida tergovga jalb qilingan.
Hozircha rasmiy idoralar ushbu sobiq mansabdorlarga qarshi ochilgan jinoyat ishi haqida rasmiy ma’lumot bermadi.
Rustam Tursunov 2017–2018 yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, 2018 yildan Navoiy viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2021 yil fevral oyidan Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i sifatida ish boshlagan, 2025 yil noyabr oyi boshida, Bekmurod Abdullayev bilan bir kunda prezident farmoyishi bilan lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 25.01.2026
General-mayor Bekmurod Abdullayev qamoqqa olingan – manba
17:45 / 24.01.2026
Korrupsiyaga qarshi agentlikka qanday yangi vakolatlar berildi?
19:54 / 21.01.2026
Andijon viloyati hokimining 7 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari Botirjon Hamroyev ozodlikka chiqdi
08:36 / 21.01.2026