O‘zbekiston | 18:57 / 25.01.2026
3481
1 daqiqa o‘qiladi

Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi

Umumiy uzunligi 32 kilometrni tashkil etadigan yangi avtomobil yo‘li mavjud yo‘nalishlarga muqobil bo‘lib, transport qatnovini sezilarli darajada yengillashtiradi, safar vaqtini qisqartiradi va harakat xavfsizligini oshiradi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yaxshilash maqsadida Urganch–Xiva yo‘nalishida yangi pulli avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha zamonaviy talablarga javob beruvchi, yuqori tezlik va xavfsizlikni ta’minlaydigan yo‘l infratuzilmasini yaratishga qaratilgan.

Loyiha doirasida umumiy uzunligi 32 kilometr bo‘lgan yangi avtomobil yo‘li barpo etiladi. Ushbu yo‘l mavjud yo‘nalishlarga muqobil bo‘lib, transport qatnovini sezilarli darajada yengillashtiradi, safar vaqtini qisqartiradi va harakat xavfsizligini oshiradi. Yo‘l to‘liq foydalanishga topshirilgach, undan foydalanish pulli asosda amalga oshiriladi.

Yangi avtomobil yo‘li ishga tushirilishi natijasida Urganch va Xiva shaharlari o‘rtasidagi qatnov sifati yaxshilanadi, yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlari tezlashadi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid