Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni o‘tgan yilga nisbatan 2,2 barobarga oshgan. Tijorat tashriflarida eng yuqori ko‘rsatkich Afg‘oniston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda jami 446,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 247,8 ming nafarga, ya’ni 2,2 barobarga ko‘paygan.
Mamlakatlar kesimida tijorat maqsadida tashrif buyurganlar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Afg‘oniston — 415 577 nafar;
- Tojikiston — 17 962 nafar;
- Turkmaniston — 9 048 nafar;
- Rossiya — 728 nafar;
- Qozog‘iston — 589 nafar;
- Turkiya — 587 nafar;
- boshqa davlatlar — 2 355 nafar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda tijorat maqsadida kelganlar umumiy sonida Afg‘oniston fuqarolari ulushi eng katta bo‘lib, asosiy oqim aynan ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
09:05 / 17.06.2026