O‘zbekiston | 10:12 / 26.01.2026
2019
1 daqiqa o‘qiladi

Kitobxonlikni targ‘ib qilish: yangi dastur 1 fevraldan boshlanadi

2026 yil 1 fevraldan boshlab qonunchilikka muvofiq aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi amalga oshiriladi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Mazkur dasturning asosiy maqsadi jamiyatda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga hissa qo‘shish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.

Dastur doirasida davlat organlari tomonidan kitob va kitobxonlik mavzusida tayyorlanadigan axborot va reklama materiallari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi. Bu esa mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, jamoat transportida — avtobus, metro, samolyot va poyezdlarda simsiz yoki mobil internet tarmog‘i orqali Mutolaa platformasidan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi. Qulaylik uchun transport vositalarida maxsus QR-kodlar joylashtirilib, yo‘lovchilar ular orqali elektron kitoblardan bemalol foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid