Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda bog‘cha puli oshirilmadi - rasmiy tushuntirish
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bog‘cha puli miqdorlari oshirilmagan. 2025 yil 1 yanvardan belgilangan ota-onalar to‘lovi miqdorlari hozirga qadar o‘zgarishsiz qolgan.
Joriy yil 1 yanvardan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bog‘cha puli miqdorlari oshirilmagani ma’lum qilindi.
Tegishli tushuntirishda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 29 apreldagi qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan belgilangan bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari hozirga qadar o‘zgarishsiz amal qilib kelmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi qarori asosida ayrim tumanlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovlariga nisbatan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilgani eslatib o‘tildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu imtiyozlar 2026 yil 1 yanvarga qadar amal qilgan bo‘lib, ayni vaqtda o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mavzuga oid
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
20:14 / 04.02.2026
“Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i shakllantiriladi
21:55 / 08.01.2026