Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zufar Qurbonov tanqidga uchradi
Prezident raisligidagi yig‘ilishda Toshkent shahridagi yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan yili bozorlar va parklarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, shaharda jami 774 ta yong‘in yuz bergan.
Bozorlarni raqamlashtirish juda sustligi, hozircha faqat «Chorsu» va «Farhod» bozorlarida situatsion markaz tashkil qilingani qayd etildi.
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga mas’ul o‘rinbosari Zufar Qurbonov tayinlaganiga ikki yildan oshgani, lekin tizimni raqamlashtirish bo‘yicha hali sezilarli natija ko‘rinmayotgani tanqid qilindi.
Shu va boshqa tizimli muammo hamda kamchiliklar birinchi navbatda rahbarlarning aybi ekani ta’kidlandi.
Shu bois, bunga mas’ul vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va respublika profilaktika boshlig‘i Hotam Qodirov ishdan olingan edi.
Uch yil oldin Ichki ishlar vazirligida tashkil qilingan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining ishi hali ko‘rinmayotgani qayd etildi.
Masalan, o‘tgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion so‘m moddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa, ularni fosh etish 8 foizga ham bormayapti.
Jinoyatchilar bank tizimidagi bo‘shliqdan, aholining ishonuvchanligidan va texnologik bilimi yetishmasligidan foydalanmoqda.
«Ichki ishlar va prokuraturaga bu yo‘nalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va to‘lov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi?» – deya mutasaddilar oldiga savol qo‘ygan davlat rahbari.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026