Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkent shahri prokurori va IIBB boshlig‘iga hayfsan berdi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev va prokurori Anvar O‘rmonovga hayfsan berildi. «Ular jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga mikroavtobusda shahar aylanish bilan band», – dedi prezident. Mansabdorlarga olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev hamda Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonovga «hayfsan» berib, olti oylik sinov muddati tayinladi.
Videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahar ichki ishlar tizimidagi tergovchi va surishtiruvchilar faoliyatida sifat yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, xodimlarda malaka yetishmagani uchun o‘tgan yili 833 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmay, hisobdan yashirilgan.
«Shaharda jinoyatchilik 2 mingtaga kamaytirildi» deb hisobot berilgani bilan poytaxtdagi 26 ta mahalla «qizil», 465 tasi «sariq» toifada qolgan.
Respublikadagi 208 ta tuman ichida Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bezorilik bo‘yicha, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha birinchi o‘rinda. Yoki o‘tgan yili Yashnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Shayxontohurda talonchilik holatlari eng ko‘p bo‘lgan.
Shu bois, yaqinda ushbu tumanlar ichki ishlar boshliqlarining barchasi yangi qo‘yildi. Ular tashabbus qilib, hududida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha keskin o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev va Toshkent shahar prokurori v.b. Anvar O‘rmonov faqat mikroavtobusda shahar aylanish bilan bandligi tanqid qilindi.
Ular 12 ta tuman hokimi, ichki ishlar boshlig‘i, prokurori, «mahalla yettiligi» va jamoatchilik bilan hamjihat ishlasa, 7,5 mingta jinoyatning oldini olishi mumkin bo‘lgani qayd etilgan.
Sultonxo‘jayev va O‘rmonovga «hayfsan» berilib, olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi.
Mavzuga oid
16:33
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
13:38
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zufar Qurbonov tanqidga uchradi
19:29 / 16.12.2025
Prezident: shaharning barcha ko‘chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak
18:44 / 16.12.2025