Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosatom» O‘zbekistondagi AES o‘rnida «atom klasteri»ni tashkil etishni taklif qildi
«Rosatom» rahbari Aleksey Lixachyov so‘zlariga ko‘ra, loyiha «nafaqat atom energetikasini, balki atom tibbiyotini, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash manfaatlari yo‘lida radiologik vakolatlarni ham» o‘z ichiga oladi.
Aleksey Lixachyov
Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda mamlakatlarning atom energetikasi sohasidagi hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Rossiya davlat korporatsiyasi O‘zbekistondagi kichik quvvatli atom elektr stansiyasi maydonida «shunchaki atom shahri» emas, balki «atom klasteri»ni yaratishni taklif qildi. Bu haqda Lixachyov «Rossiya 24» telekanali efirida so‘zladi.
«Atom klasteri»ni yaratishda «Kurchatov instituti» ilmiy-tadqiqot markazi ishtirok etadi. Loyiha «nafaqat atom energetikasini, balki atom tibbiyotini, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash manfaatlari yo‘lida radiologik vakolatlarni ham» o‘z ichiga oladi, dedi «Rosatom» rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, AES loyihasida uchinchi davlatlar ishtirok etishga tayyor, ammo Lixachyov qaysi davlatlar ekanini aniq aytmadi.
«Rosatom» rahbari 2025 yil oktyabr oyida kichik quvvatli birinchi energiya bloki uchun chuqur qazish ishlari boshlanganini, keyingi muhim bosqich 2026 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan beton ishlarini boshlash ekanini aytdi.
«Bu yilgi asosiy vazifa - yadroviy oroldagi binolarning poydevor plitasi asosiga beton quyishga o‘tish. Muddatlarga rioya qilish muhimligini inobatga olgan holda, biz shu yilning bahorida beton tayyorlash ishlarini boshlashga harakat qilmoqdamiz», dedi Lixachyov.
«Rosatom» ishtirokida kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma 2024 yil may oyida Toshkentda imzolangan edi. 330 MVt quvvatga ega stansiya 6 ta reaktorga ega bo‘ladi. «Rosatom» bosh pudratchi hisoblanadi.
O‘zbekistondagi AES loyihasi quvvati 1000 MVt bo‘lgan ikkita katta energoblok va 55 MVt bo‘lgan ikkita kichik energoblok qurilishini nazarda tutadi. Ta’kidlanishicha, «Rosatom» uchun bu kichik atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha birinchi xorijiy tajriba bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:02 / 27.01.2026
O‘zbekistonda AES qurilishi starti 2026 yil oxiriga qoldiriladi
20:22 / 27.01.2026
Shavkat Mirziyoyev «Rosatom» rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
19:44 / 27.01.2026
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz importini to‘liq taqiqlashga qaror qildi
17:50 / 27.01.2026