Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nikohdan ajrashish holatlari oshdi
2025 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ajrashish bilan bog‘liq 70 535 ta ish ko‘rilib, 37 544 tasi qanoatlantirildi. Bu turdagi ishlar soni 2024 yilga nisbatan 6 692 taga, qanoatlantirilgan da’vo talablari esa 5327 taga ko‘paydi.
Foto: Shutterstock
2025 yilda O‘zbekistonda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 649 652 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 10,8 trln so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar undirish haqida 1 519 814 ta sud buyrug‘i chiqarilgan. Sudlarda 649 652 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 506 135 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan. Ishlarning 76 138 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirishdan rad etilgan, 60 373 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 7 006 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Eng ko‘p fuqarolik nizolari Toshkent shahar, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Andijon viloyatlarida ko‘rildi.
Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlaridan 206 399 tasi bitimlar, 70 535 tasi nikohdan ajratish, 26 960 tasi uy-joy munosabatlari, 19 914 tasi alohida toifadagi ishlar, 12 982 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlarning 37 544 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan. Ya’ni shuncha oila ajrashgan. 24 244 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 6 239 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 508 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Ushbu raqamlar 2024 yilga nisbatan oshgan: 2024 yilda nikohdan ajratishga oid 63 843 ta ish ko‘rilib, shundan 32 217 tasida da’vo talablari qanoatlantirilgandi.
Shuningdek, 2025 yilda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 12 956 ta, kassatsiya tartibida 8 457 ta va taftish tartibida 5 670 ta ish ko‘rib chiqilgan. Ularda birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 4 462 ta qaror bekor qilinib, 1626 ta sud qarori o‘zgartirilgan. Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan esa taftish tartibida 363 ta ish ko‘rilib, quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 53 ta sud qarori o‘zgartirilgan va 171 ta qaror bekor qilingan.
Mavzuga oid
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
14:25 / 06.01.2026
O‘zbekistonda ayollar necha yoshda oila quryapti? - 2025 yil raqamlari
22:51 / 26.12.2025
Nikoh yoshiga yetmaganlar bilan turmush qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi
18:26 / 23.11.2025