Özbekistonda oilaviy ajrimlarni kamaytiriş maqsadida yaraştiriş muddatini olti oydan bir yilgaça uzaytiriş taklif qilindi. Biroq mutaxassislar fikriça, ajraşiş jarayonini sun’iy ravişda çöziş har doim ham oilani saqlab qolmaydi, ayrim holatlarda bu yanada oğir ijtimoiy va psixologik oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Özbekistonda har yili ön minglab oilalar ajrim uçun sudlarga murojaat qiladi. Mutaxassislarga köra, rasmiy statistikada faqat yuridik ajrimlar aks etadi, amalda esa yillab alohida yaşab, rasman nikohdan çiqmagan oilalar ham köp.

Qançalik yaşiramiz desak, fojia bilan tugayapti

Huquqşunos Feruza Muhitdinovaning ta’kidlaşiça, ajrimlarga sabablar turliça: uçinçi şaxs aralaşuvi, moddiy yetişmovçilik, xiyonat, oilaviy zöravonlik va oilaviy hayotga tayyor emaslik.

“Yoşlar qaynona-qaynota aralaşuvidan şikoyat qiladi. Kattalar esa turmuş örtoğining boşqa insonga qiziqib qolganini aytadi. Ayrim er-xotinlar esa allaqaçon birga yaşamaydi: ayol bolasi bilan boşqa uyda yaşaydi, er esa umuman boşqa hayot keçiradi, ham aliment tölamaydi, ham qaramaydi, boşqa bilan yaşaydi yoki xorijga işga ketgan. Lekin unutmaslik kerak, bu yoqda bola ta’minoti borligini”, deydi u.

Muhitdinovaga köra, ajraşişni qiyinlaştiriş orqali barça oilalarni saqlab qoliş mumkin emas. Çunki ayrim holatlarda munosabatlarni majburan davom ettiriş fojialarga olib kelişi mumkin.

“Qançalik yaşiramiz desak, fojia bilan tugayapti. Öz joniga qasd qilayotganlar bor, bir-birini öldirganlar bor. Jazo muassasalarida şunday ayollarni kördikki, qilgan işidan afsuslanmaydi. Şuning uçun oila-nikoh munosabatlarida ajrimga murojaatga kelganda psixologlar bölişi kerak. Ular körişi kerak, bularga şunça muddat beriş kerakmi, yöqmi? Bölmaydigan bölsa, biz bir insonni tabiiy yaşaş huquqidan mahrum bölişiga olib kelmaylik. Şuning uçun bir tomonlama qaraş ertaga boşqa bir natijaga olib kelişi mumkin. Ikkinçidan urra-urra deb hisobot uçun töy qilişadi. Milliardlab ketkazilayotgan töylar ham bor. Orzu-havasga berilib, uy-joylarni sotganlarni köryapmiz. Qarzga botişib, keyin qarz evaziga deb oila ajrab ketyapti. Şuning uçun har bittamiz bugun unib-ösib kelayotgan öşa maktabdan, bolalar boğçasidan oila institutini tarbiyaga kiritişimiz kerak”, deydi u.

Yoşlarning oila qurişga bölgan orzusini öldiryapmiz

“Boladan öç olib, otasiga körsatmaymiz degan bunaqangi özlariça jazoni töxtatişsin. Bola ota-onani körişga haqqi bor, huquqi bor. Ajrimlar yoki ularga berilgan uzoq muddatlar orqali biz unib-ösib kelayotgan yoşlarning oila qurişga bölgan orzusini öldiryapmiz. Ular “katta bölsam oila qurmayman, menga kerak emas, oilada janjal bölar ekan”, deyapti.

Bu janjallar nimadan kelyapti? Xarakter kelişmasligi, uçinçi şaxs aralaşuvi, oilaga tayyor emaslik, moddiy yetişmovçilik, zöravonlik va xiyonat — bularning barçasi ajrimga olib kelayotgan omillar. Şuning uçun ularni çuqur örganiş va qonunçilikda alohida mexanizmlar işlab çiqiş kerak.

Men öylaymanki, yaraştiriş muddatini uzaytiriş orqali oila saqlanib qolsa - bu yaxşi. Lekin buning oqibati salbiy holatlarga olib keladigan bölsa, ertaga biz ularning fojiasiga sababçi bölib qolişimiz mumkin”, deydi huquqşunos.

Töliq körsatuvni Kun.uz’ning YouTube sahifasida tomoşa qiling.