Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va Navoiy viloyati sanoat ishlab chiqarishda yetakchi
2025 yilda O‘zbekistonda 1,1 kvadrillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahri va Navoiy viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil yakunlarida mamlakatda sanoat ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sishni saqlab qolgan. Yil davomida jami 1,1 kvadrillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 6,8 foizga yuqori.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, sanoat ishlab chiqarishda Toshkent shahri va Navoiy viloyati yetakchi ekani qayd etildi. Xususan, 2025 yilda: Toshkent shahrida — 207,3 trln so‘m, Navoiy viloyatida — 195,2 trln so‘m miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Mutaxassislar bunday yuqori ko‘rsatkichlarni mazkur hududlarda yirik sanoat korxonalarining joylashgani, investitsiya loyihalarining ko‘pligi, sanoat infratuzilmasining rivojlangani hamda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish hajmining oshgani bilan izohlamoqda.
Shuningdek, yuqori natija ko‘rsatgan boshqa hududlar qatorida:
- Toshkent viloyati — 170,3 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 107,9 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 59,4 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 57,8 trln so‘m.
Sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sishi mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:42
Yangi obektlar qurilishining qariyb yarmi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri keldi
12:50
O‘zbekiston aholisi 38,2 milliondan oshdi
16:20 / 28.01.2026
Yangilangan statistikada gaz qazib olishda 3,3 mlrd kublik tafovut paydo bo‘ldi
14:27 / 28.01.2026