Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maishiy tovarlar ta’miriga talab ortdi: xizmatlar hajmi 12 foizga oshgan
2025 yilda O‘zbekistonda kompyuterlar hamda maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 14,4 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12,3 foizga oshgan.
Foto: Getty images
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakatda kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 14,4 trln so‘mga yetgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,3 foizga yuqori.
Mutaxassislar bunday o‘sishga texnikalardan foydalanish ko‘lami kengayishi, maishiy jihozlarni yangilash o‘rniga ta’mirlashga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek servis xizmatlari tarmog‘ida ko‘rsatilayotgan xizmat turlari ko‘payib borayotgani ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etadi.
Shu bilan birga, rasmiy ma’lumotlar xizmatlar bozorida ushbu yo‘nalishning ulushi va aholiga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari hajmi izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
15:05 / 16.03.2026
Yanvarda kichik biznes hissasiga 6 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri keldi
14:44 / 16.03.2026
MChJ O‘zbekistondagi eng ommalashgan biznes shakli bo‘lib qolmoqda
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
15:31 / 14.03.2026