Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda hokim yordamchisi firibgarlikda gumonlanib ushlandi
Namangan viloyati Pop tumanida mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi yer maydonini “olib berish” va hujjatlarini rasmiylashtirib berish bahonasida 4,5 ming AQSh dollari olgan. Keyin esa pulning bir qismini qaytarib berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyatida kuzatilgan holatda, Pop tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga kelgusida to‘yxona qurishi uchun olib berish va tegishli hujjatlarini tayyorlatib berish evaziga 2025 yilda 4500 AQSh dollari olgani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi va’da qilingan ishni yakuniga yetkaza olmagan. Shundan so‘ng u olgan 4500 AQSh dollari hisobidan 1 mln 200 ming so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
02:11 / 06.12.2025
O‘zbekistonda yer qimirladi
13:34 / 26.11.2025
Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘ldi
17:41 / 20.10.2025