Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
Migratsiya agentligi Turkiyaning Arya tashkiloti bilan bitim imzoladi. Endi Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida 25 ta kasb bo‘yicha mutaxassislar turk standarti asosida baholanib, sertifikat oladi. 2026 yilda esa 1 500 nafar sertifikatli mutaxassis Turkiyaning Mersin viloyatidagi Akkuyu AESdagi yuqori daromadli ish o‘rinlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.
Migratsiya agentligi Turkiyaning Arya tashkiloti bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Ushbu kelishuv Turkiyada mehnat qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Bitimga muvofiq, endilikda Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida 25 ta kasb bo‘yicha mutaxassislar turk standarti asosida malaka baholash jarayonlaridan o‘tadi va natijada sertifikatga ega bo‘ladi. Bu esa ishga joylashishda talabgorlikni oshirish, kasbiy mahoratni rasman tasdiqlash hamda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishga xizmat qilishi qayd etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tashabbus natijasida 2026 yilda 1 500 nafar sertifikatga ega mutaxassis Turkiyaning Mersin viloyatida joylashgan Akkuyu atom elektr stansiyasidagi yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, loyiha nafaqat ishga joylashish, balki mutaxassislarning malakasini xalqaro talablar asosida baholash, ularning huquqiy himoyasini ta’minlash hamda mehnat shartlarini shaffoflashtirishga qaratilgan yo‘nalishlarni ham qamrab oladi.
Mavzuga oid
14:16 / 14.05.2026
Migratsiya agentligi sobiq xodimi xalqaro qidiruvga berildi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
10:53 / 14.05.2026
O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi
18:27 / 09.02.2026