Boş prokuratura huzuridagi Departament Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq yirik korrupsion sxemani foş etdi.
Tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boşqa şaxslar jinoiy guruh tuzib, Koreyaga mehnat migranti sifatida yuborişni va’da qilib, kamida 35 nafar odamdan 263,5 ming dollar olgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan va tergovda ma’lum bölişiça, jinoiy guruh tomonidan Koreyaga işga yuboriş uçun rasmiy tölovlardan taşqari fuqarolardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 mln dollar yiğilgan.
Hozirda, Koreyaga işga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tuşgan murojaatlar böyiça yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, undiriş çoralari körilmoqda.
Rasmiy xabarda qöşimça qilinişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boşqalar 230 nafar fuqaroni Koreyaga işga yuborişlari evaziga 580 ming AQŞ dollari, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravişda 5,6 mln AQŞ dollari, jami 45 mln AQŞ dollarini olganliklari ma’lum bölgan.
Departament uşbu sxema ortidan jabr körgan fuqarolarni maxsus işonç telefoni orqali murojaat qilişga çaqirdi: 71-233-10-07.
Koreyaga işga yuborişdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uç yil oldin bong urgan edi

















