Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi
O‘simliklar karantini agentligiga ko‘ra, Xitoydan olib kelingan mandarin va ananaslarda Tsitrus oq-qanoti, Sharq sitrus qalqondori, Ananas unsimon qurti kabi zararkunandalar aniqlangan.
Xitoydan O‘zbekistonga import qilinayotgan mandarin va ananas mevalarida o‘simliklar karantini obektlari muntazam ravishda aniqlanmoqda, shu sababli ularning importiga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
Taqiq qachondan boshlangani va qachon tugashi haqida xabarda ma’lumot berilmagan.
Qayd qilinishicha, namunalar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida eskpertizadan o‘tkazilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ularda Tsitrus oq-qanoti (Dialeurodes citri Ashmead), Sharq sitrus qalqondori (Unaspis yanonensis Kuwana), Ananas unsimon qurti (Dysmicoccus brevipes Cockerell) kabi karantinosti zararkunandalar aniqlangan. Mazkur turdagi zararli organizmlar 20 ga yaqin yukda topilgani ma’lum bo‘ldi.Zararlangan mahsulotlar to‘g‘risida Xitoyning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkiloti xabardor qilingan. Taqiq davrida Xitoydan olib kirilayotgan mandarin va ananasga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026