Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klichko Kiyev aholisiga xavotirli murojaat bilan chiqdi
Avvalroq Ukrainaning aksariyat hududlarida energiya tizimidagi nosozliklar sababli elektr energiyasi ta’minoti favqulodda o‘chgandi. Blekaut jumladan, Kiyev shahri, Kiyev, Chernigov, Sum, Jitomir, Dnepropetrovsk va Odessa oblastida yuz bergan.
Foto: REUTERS / Alina Smutko
Kiyev meri Vitaliy Klichko "Kiyev-24" telekanali efirida energetika tizimidagi vaziyatni xavotirli deb atadi va aholini zarur buyumlarni zaxira qilishga chaqirdi.
"Yuz bergan vaziyat juda murakkab va xavotirli. Bu yana takrorlanishini istisno qilmaymiz. Qo‘limizdan kelganini qilishga urinyapmiz, ammo bizga sizlarning yordamingiz kerak: iltimos, issiq kiyim, ichimlik suvi, texnik suv, oziq-ovqat, dori-darmonlarni zaxira qilib olinglar", — dedi u.
Klichkoning qo‘shimcha qilishicha, shaharda metro va muhim infratuzilma obektlari faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq "Strana.ua" nashri Ukrainaning aksariyat hududlarida energiya tizimidagi nosozliklar sababli elektr energiyasi ta’minoti favqulodda o‘chganini xabar qilgandi. Blekaut jumladan, Kiyev shahri, Kiyev, Chernigov, Sum, Jitomir, Dnepropetrovsk va Odessa oblastida yuz bergan.
Energetika vaziri Denis Shmigal buni texnologiya nosozlik deb izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ruminiya va Moldova hamda Ukrainaning g‘arbiy va markaziy qismlari orasidagi energiya tizimlari ishdan chiqqan.
Mavzuga oid
16:09 / 19.03.2026
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda
17:58 / 17.03.2026
Namanganda soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr uchun to‘lov cheklanadi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
14:24 / 13.03.2026