Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Nipax virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, virus yuqtirishdan o‘lim darajasi 40% dan 75% gacha bo‘lib, bu epidnazorat sifati va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlariga bog‘liq.
Foto: AnaLysiSStudiO / Shutterstock / FOTODOM
Belgiyada Tokio universiteti olimlari tomonidan Nipax virusiga qarshi ishlab chiqilgan vaksinaning ilk klinik sinovlari boshlanadi. Sinovlar odamlarda o‘tkaziladi, deb xabar berdi Nikkei nashri.
Qayd etilishicha, primatlarda o‘tkazilgan sinovlarda vaksina yuz foizlik natija ko‘rsatgan.
Olimlar kelgusida Bangladeshdagi kattalar va bolalar ishtirokida tadqiqotlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Hindistonning Kalkutta shahri yaqinida o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan Nipax virusi tarqalayotgani xabar qilingandi.
Virus hayvonlardan, shuningdek zararlangan oziq-ovqat yoki insondan insonga yuqishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, virus yuqtirishdan o‘lim darajasi 40% dan 75% gacha bo‘lib, bu epidnazorat sifati va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlariga bog‘liq.
Mavzuga oid
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
02:00 / 26.01.2026
Nipax virusi: qanday yuqadi va nimasi bilan xavfli?
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025