O‘zbekiston | 16:46 / 02.02.2026
20835
1 daqiqa o‘qiladi

Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi

Nomi ochiqlanmagan bankning Toshkent shahar Yashnobod filiali bo‘lim boshlig‘i bitta firmadagi sheriklari bilan til biriktirib, boshqa bir firma nomiga 120 ming dollar kredit chiqartirgan va soxta hujjatlar bilan bu pullarni naqdlashtirib olgan. Jinoiy mablag‘lar internetdagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga tikilgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent shahrida 120 ming dollarni internetdagi qimor o‘yiniga tikib, talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, nomi ochiqlanmagan bankning Yashnobod filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi E.N. “A.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, “B.B.” MChJga 120 000 AQSh dollari kredit ajratilishiga erishib, keyinchalik soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib, 120 000 AQSh dollarini internetdagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ishlatib, talon-toroj qilishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid