Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qishki Olimpiadada 2 nafar sportchi bilan qatnashadi
Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofaga yugurish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Figurali uchishning juftlik yo‘nalishida yo‘llanma olgan Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish nufuzli musobaqada qatnasholmaydi: tayyorgarlik jarayonida jarohat olgan Chigirev Olimpiadagacha tiklana olmadi.
6-22 fevral kunlalri Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston 2 nafar sportchi bilan qatnashadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofaga yugurish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Aslida, qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 4 ta edi: Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik yo‘nalishida saralashdan o‘tgan edi. Lekin Chigirev tayyorgarlik jarayonida jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi.
Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i ostida sportchilar 1994 yildan beri barcha qishki olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqda. Eng ko‘p vakil aynan shu yili Norvegiyaning Lillehammer shahridagi o‘yinlarda qayd etilgan – 7 nafar. Shuningdek, O‘zbekiston qishki olimpiadalardagi yagona medalini ham shu yili qo‘lga kiritgan – Lina Cheryazova chang‘ida fristayl sport turida oltin medal.
4 yil oldin Pekinda o‘tkazilgan qishki Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston bir nafar sportchi bilan qatnashgan edi – Komiljon To‘xtayev tog‘-chang‘i sport turida.
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026
Rossiyaliklar uchun Italiya vizasi olish yanada qiyinlashdi
16:30 / 13.05.2026