O‘zbekiston | 11:25
2876
1 daqiqa o‘qiladi

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Xalq deputatlari Chiroqchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Bahodir Xudoyorovich Xudoyqulov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Bugun bo‘lib o‘tgan sessiyada deputatlar tashkiliy masalani muhokama qildi va tegishli qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, Bahodir Xudoyqulov Chiroqchi tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Bahodir Xudoyqulov 1985 yilda tug‘ilgan. U Samarqand davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida 2018–2024 yillarda Chiroqchi tumani prokurori vazifasida ishlagan. Tayinlovga qadar esa Shahrisabz tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yangi tayinlov munosabati bilan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid