Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Toshkent viloyatida golf-kurort qurishni taklif qildi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Spora Global Sdn Bhd kompaniyasi ijrochi direktori Fio Fahmi bilan uchrashdi. Unda Toshkent viloyatida xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy golf-kurort majmuasini barpo etish bo‘yicha investitsiya taklifi muhokama qilindi.
Foto: “Dunyo” AA
Uchrashuvda Malayziya kompaniyasi rahbari Toshkent viloyatida jahon darajasidagi golf kurorti barpo etish loyihasini taqdim etdi. Loyiha doirasida professional golf maydoni, golf klubi binosi, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, zamonaviy turar joy binolari, restoran va sog‘lomlashtirish majmuasi, akvapark hamda qishki mavsum uchun chang‘i inshootlarini qurish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish bilan birga, viloyatning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Investorlar loyihani Toshkent viloyati hokimligi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida, jumladan qo‘shma korxona tashkil etish orqali amalga oshirishni taklif etdi.
Fio Fahmi yaqin kunlarda kompaniya rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiya ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlari hamda joylashuvini batafsil o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Spora Global Sdn Bhd 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mehmonxona va kurortlarni loyihalash, qurish, boshqarish, ta’mirlash va dizayn qilish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Singapur, Avstraliya, Vetnam, Indoneziya, Yangi Zelandiya va Shotlandiyada golf klublarini boshqaradi.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025