Uçraşuvda Malayziya kompaniyasi rahbari Toşkent viloyatida jahon darajasidagi golf kurorti barpo etiş loyihasini taqdim etdi. Loyiha doirasida professional golf maydoni, golf klubi binosi, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, zamonaviy turar joy binolari, restoran va soğlomlaştiriş majmuasi, akvapark hamda qişki mavsum uçun çanği inşootlarini quriş rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, mazkur taşabbus hududda sport infratuzilmasini rivojlantiriş bilan birga, viloyatning turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.

Investorlar loyihani Toşkent viloyati hokimligi bilan davlat-xususiy şeriklik asosida, jumladan qöşma korxona taşkil etiş orqali amalga oşirişni taklif etdi.

Fio Fahmi yaqin kunlarda kompaniya rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiya uşbu loyihani amalga oşiriş imkoniyatlari hamda joylaşuvini batafsil örganiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurişini ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, Spora Global Sdn Bhd 2012 yilda taşkil etilgan bölib, mehmonxona va kurortlarni loyihalaş, quriş, boşqariş, ta’mirlaş va dizayn qiliş bilan şuğullanadi. Kompaniya Singapur, Avstraliya, Vetnam, Indoneziya, Yangi Zelandiya va Şotlandiyada golf klublarini boşqaradi.