O‘zbekiston | 20:20 / 04.02.2026
1291
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Senati raisi bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Iordaniya Senati raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda o‘tgan yili Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Iordaniya keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama aloqalar va almashinuvlar faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda.

Parlamentlarda tashkil etilgan “do‘stlik guruhlari” ishini “yo‘l xaritasi” asosida faollashtirish, ularning davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va yetakchi kompaniyalar biznes forumini natijador qilib o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid