Jahon | 15:20 / 05.02.2026
1212
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya MSK: Davlat dumasiga saylovlar 20 sentabrda bo‘lib o‘tadi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqirig‘iga saylovlar o‘tkaziladigan sanani e’lon qildi - 2026 yil 20 sentabr. Bu haqda MSK chorshanba kuni, 4 fevralda ma’lum qildi.

Foto: Sergei Fadeichev/dpa/TASS

Yangi dumaning vakolati besh yil davom etadi — 2031 yil sentabrigacha. Saylovlarda ilk bor Ukrainaning okkupatsiya qilingan Donetsk, Luxansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlari aholisi ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Rossiya ularni 2022 yil sentabrida qo‘shib olgan. RF parlamentiga saylovlar Rossiya tomonidan qo‘shib olingan Ukraina yarimoroli — Qrimda ham o‘tkaziladi.

RF Davlat dumasidagi deputatlar umumiy soni o‘zgarmaydi — 450 nafar bo‘lib qoladi. Ularning yarmi partiya ro‘yxatlari bo‘yicha, ikkinchi yarmi esa bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadi.

Okkupatsiya qilingan “yangi hududlar” aholisining saylovlarda ishtirok etishi fonida RF hokimiyati 2025 yil may oyida saylov okruglari chegaralarini qayta ko‘rib chiqqan. “DXR”ga uchta bir mandatli okrug, “LXR”ga ikkita, Xerson va Zaporijjya viloyatlariga esa bittadan bir mandatli okrug ajratildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid