Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish inspeksiyasi quruvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi
Qurilish inspeksiyasi qurilish obektlaridan chiquvchi texnika vositalarini maxsus yuvish joylarida yuvmasdan hududdan olib chiqish taqiqlanishini eslatdi. Talablarga amal qilinmasa, jarima qo‘llanishi va ishlar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Qayd etilishicha, qurilish obektidan chiqayotgan barcha texnika vositalari obektda belgilangan maxsus yuvish joylarida yuvilgan holda hududdan chiqarilishi shart. Bu talab atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar ko‘chalarining ifloslanishini oldini olish hamda sanitar holatga salbiy ta’sir ko‘rsatilishini bartaraf etishga qaratilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur talablarga rioya etilmagan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi asosida:
- jismoniy shaxslarga — BHMning 30 baravari;
- mansabdor shaxslarga — BHMning 70 baravari miqdorida jarima tayinlanadi.
Shuningdek, ushbu talablarni bajarmaslik qurilish obektida olib borilayotgan ishlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish uchun ham yetarli asos bo‘lishi mumkin.
Inspeksiya fuqarolarni bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda 71-200-69-02 raqamli koll-markazga xabar berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
22:32 / 11.07.2026
Sergelida ko‘p qavatli turarjoy qurilishi to‘xtatildi
19:01 / 11.07.2026
Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi
08:40 / 10.07.2026
1000 metrli Jeddah Tower: bosh muhandis eng qiyin vazifani ochiqladi
23:09 / 04.07.2026