Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi 35 yilda 85 foizga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 236 704 nafarni tashkil etdi. Mustaqillik yillarida aholi 17,6 millionga yoki qariyb 85 foizga ko‘paygan.
Foto: Kun.uz
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1991 yil 1 yanvar holatiga mamlakat aholisi 20,6 million nafar bo‘lgan. Oradan o‘tgan 35 yil davomida bu ko‘rsatkich izchil o‘sib borib, 2026 yil boshiga kelib 38,2 million nafarga yetgan.
Yillar kesimida aholi sonining o‘sishi quyidagi dinamikani ko‘rsatadi:
- 1995 yilda — 22,5 mln;
- 2000 yilda — 24,5 mln;
- 2005 yilda — 26 mln;
- 2010 yilda — 28 mln;
- 2015 yilda — 31 mln;
- 2020 yilda — 33,9 mln;
- 2025 yilda — 37,5 mln nafar.
So‘nggi besh yilda aholi qariyb 4,3 million nafarga oshgani demografik jarayonlarning barqaror davom etayotganini ko‘rsatadi.
Mutaxassislar fikricha, tabiiy o‘sish sur’atlarining yuqoriligi va yoshlar ulushining kattaligi aholi soni dinamikasida asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.