Sog‘lom hayot | 23:46 / 07.02.2026
1305
1 daqiqa o‘qiladi

Shifokor kimlarga piyoz yeyish mumkin emasligini aytdi

Gipertoniya, astma, gepatit va sirroz, shuningdek aritmiya kasalliklarida piyoz iste’mol qilish nojo‘ya ta’sirlarga olib keladi.

Foto: iStock.com / GCapture

“Gipertoniyada piyoz mumkin emas, chunki u qon bosimini oshiradi. Shuningdek, astma, jigar kasalliklari — gepatit va sirroz hamda yurak kasalligi — aritmiyada ham piyoz yemagan ma’qul”, — dedi Skandinaviya salomatlik markazi gastroenterologi Olga Chistik.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, gastrit, reflyuks, asabiy ichak sindromi, buyrak va yurak kasalliklarida piyoz iste’molini cheklash tavsiya etiladi.

Avvalroq tadqiqotlarda pomidor qon bosimini pasaytirishga yordam berishi ma’lum bo‘lgandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid