Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan gipertoniya kasalligi böyiça yangi hisobot e’lon qilindi. Tahlillar 195 mamlakatdan olingan ma’lumotlarga asoslangan.
Qayd etilişiça, 2024 yilda dunyo böyiça yuqori qon bosimidan aziyat çekayotganlar soni 1,4 milliard nafarga yetgan. Biroq ularning atigi beşdan bir qismi qon bosimini dorilar yoki soğlom turmuş tarzi orqali nazorat qilişga erişyapti, xolos.
Hisobotga köra, 195 davlatdan 99 tasida gipertoniyani nazorat qilayotgan bemorlar uluşi 20 foizga ham yetmaydi. Iqtisodiy noçor mamlakatlarning bor-yöği 28 foizi JSST tavsiya etgan dori-darmonlar bilan töliq ta’minlangan.
2011-2025 yillar davomida yurak qon-tomir xastaliklari tufayli past va örta daromadli davlatlar 3,7 trln. dollar miqdorida iqtisodiy zarar körgan.
JSST barça mamlakatlarni qon bosimini nazorat qilişni kafolatlangan tibbiy xizmatlar qatoriga kiritişga çaqirdi.
Gipertoniya — qon tomirlarining nerv-funksional faoliyati buzilişi natijasida kelib çiqadigan kasallik. U asosan 40 yoşdan kattalarda uçraydi, lekin sönggi yillarda yoşlarda ham tez-tez kuzatilmoqda. U sayyoramizdagi ölim va nogironlikning asosiy sabablaridan biridir.












