Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
Ushbu yangi lavozim egasiga mazkur qarorga muvofiq bosh muhandislarga berilgan barcha huquq va vakolatlar tatbiq etiladi.
Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahri boshqaruv tuzilmasiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi.
Qarorga ko‘ra, Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘linmalaridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi kiritildi.
Ushbu yangi lavozim egasiga mazkur qarorga muvofiq bosh muhandislarga berilgan barcha huquq va vakolatlar tatbiq etiladi.
Yangi rahbarlik shtati poytaxtdagi ko‘p kvartirali uylarni ekspluatatsiya qilish, muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash va aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026