Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
Toshkent viloyati Angren shahrida 4 qavatli binoda yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana bir kishi shifoxonaga yotqizilgan – uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Foto: Videodan kadr
7 fevral kuni soat 23:19 da Toshkent viloyati Angren shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Dukent qo‘rg‘oni «Ulug‘bek» MFYda joylashgan 4 qavatli binolar birining tom qismi yonayotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar qilingan. Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari soat 23:30 da voqea joyiga yetib borib, binodan fuqarolarni evakuatsiya qilgan.
Yong‘in soat 23:57 da qurshab olinib, soat 00:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov ham yetib borgan.
«Daryo» manbasi xabar berishicha, hodisa oqibatida bir kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.