Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
U Xitoy hukumatiga qarshi chiqdi va norozilik namoyishlarida qatnashdi.
Foto: AFP
Hongkong sudi 78 yoshli mediamagnat va muxolifatchi Jimmi Layni milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlarda ayblab, 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Xitoy rasmiylarining eng ko‘zga ko‘ringan tanqidchilaridan biri hisoblangan tadbirkor «xorijiy kuchlar bilan til biriktirish» va «nizo qo‘zg‘atuvchi materiallarni tarqatish»da aybdor deb topildi.
Ta’kidlanishicha, bu Honkongning 2020 yildagi milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi shov-shuvli qonuni bo‘yicha chiqarilgan hukmlarning eng og‘iridir.
Sud qaroriga ko‘ra, Jimmi Lay o‘zining Next Digital mediakompaniyasi va hozirda yopilgan Apple Daily gazetasidan G‘arbning Xitoy va Honkong rasmiylariga qarshi sanksiyalariga qarshi norozilik va lobbichilik vositasi sifatida foydalangan.
Laydan tashqari, Apple Daily nashrining yana olti nafar sobiq xodimi 6 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.
Britaniya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan Jimmi Lay 2020 yildan beri qamoqda saqlanmoqda. Shunda u ikkita jinoiy ish doirasida qamoq jazosini olgan edi: birinchisi norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun, ikkinchisi firibgarlik ishi bo‘yicha. Tadbirkor o‘z aybini tan olmagan.
Bir qator mamlakatlar hukumatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, shuningdek, Human Righs Watch va «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro inson huquqlari tashkilotlari allaqachon Jimmi Layga chiqarilgan hukmni bekor qilishni va uni ozod qilishni talab qilgan. Tadbirkorning o‘g‘li Sebastyan Lay sud hukmini otasiga «aslida o‘lim hukmi» deb atadi.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
23:10 / 06.02.2026
Xitoyning eng katta generallari ishdan olindi. Nega?
19:31 / 04.02.2026