Iqtisodiyot | 12:06
710
2 daqiqa o‘qiladi

Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish: Andijon birinchi o‘rinda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 43,1 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 21,7 foizga oshgan.

Foto: Freepik

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 19,7 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu mamlakat umumiy hajmining salmoqli qismini tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda:

  • Namangan viloyati – 3,9 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati – 3,6 trln so‘m;
  • Toshkent shahri – 2,9 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 2,8 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati – 2,1 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 1,8 trln so‘m;
  • Buxoro viloyati – 1,8 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati – 1,3 trln so‘m.

Qolgan hududlarda ham ishlab chiqarish hajmi yuz milliardlab so‘mni tashkil etgan. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 634,9 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 576,3 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 565,9 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 560,3 mlrd so‘m va Sirdaryo viloyatida 442,2 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatidagi o‘sish eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududiy sanoat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid