Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Andijon viloyati hissasiga töğri kelib, bu yerda 19,7 trln sömlik kiyim mahsulotlari işlab çiqarilgan. Bu mamlakat umumiy hajmining salmoqli qismini taşkil etadi.

Keyingi örinlarda:

  • Namangan viloyati – 3,9 trln söm;
  • Toşkent viloyati – 3,6 trln söm;
  • Toşkent şahri – 2,9 trln söm;
  • Farğona viloyati – 2,8 trln söm;
  • Navoiy viloyati – 2,1 trln söm;
  • Qaşqadaryo viloyati – 1,8 trln söm;
  • Buxoro viloyati – 1,8 trln söm;
  • Samarqand viloyati – 1,3 trln söm.

Qolgan hududlarda ham işlab çiqariş hajmi yuz milliardlab sömni taşkil etgan. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 634,9 mlrd söm, Jizzax viloyatida 576,3 mlrd söm, Xorazm viloyatida 565,9 mlrd söm, Qoraqalpoğiston Respublikasida 560,3 mlrd söm va Sirdaryo viloyatida 442,2 mlrd sömlik kiyim işlab çiqarilgan.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, töqimaçilik va tikuvçilik sanoatidagi ösiş eksport salohiyatini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va hududiy sanoat rivojiga ijobiy ta’sir körsatmoqda.