Jamiyat | 09:10
894
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy ko‘chasida avtobus va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 7 fevral kuni soat 21:50 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan S.G‘. boshqaruvidagi YUTONG rusumli avtobus hamda 2006 yilda tug‘ilgan L.X. boshqaruvidagi velosiped to‘qnashgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

YTH oqibatida velosiped haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati yo‘l harakati qatnashchilarini harakat qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid