Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya bilan “aqlli shifoxona” loyihasi muhokama qilindi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov Buyuk Britaniyaning International Hospitals Group (IHG) kompaniyasi rahbari Chester King bilan uchrashib, ruhiy salomatlik xizmatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda ruhiy salomatlik yo‘nalishida “Xalqaro standartlarga asoslangan ambulator va statsionar davolash muassasasini tashkil etish” loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, zamonaviy “aqlli shifoxona” konsepsiyasini joriy etish, raqamli boshqaruv tizimlari, kadrlar malakasini oshirish hamda menejment masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Chester King poytaxt va Toshkent viloyatidagi psixiatriya hamda narkologiya xizmatlari muassasalariga tashrif buyurganini qayd etib, O‘zbekistonda ruhiy salomatlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholadi. U kompaniya nafaqat davlat, balki nodavlat tibbiyot muassasalari bilan ham hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar tibbiy xizmat sifati xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarilishi, aholi uchun zamonaviy va samarali yordam ta’minlanishi, shuningdek britaniyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda ruhiy salomatlik xizmatini barqaror rivojlantirishga kelishib oldi.
Ma’lumot uchun, International Hospitals Group (IHG) Buyuk Britaniyaning xalqaro tibbiy infratuzilma kompaniyalari qatorida bo‘lib, ruhiy salomatlik sohasida xalqaro standartlarga asoslangan ambulator va statsionar klinikalarni loyihalashtirish hamda barpo etish bo‘yicha tajribaga ega. Kompaniya hozirda Yaqin Sharq davlatlarida ham faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026