“Dunyo” AA xabariga köra, uçraşuvda ruhiy salomatlik yönalişida “Xalqaro standartlarga asoslangan ambulator va statsionar davolaş muassasasini taşkil etiş” loyihasi muhokama qilindi. Şuningdek, zamonaviy “aqlli şifoxona” konsepsiyasini joriy etiş, raqamli boşqaruv tizimlari, kadrlar malakasini oşiriş hamda menejment masalalari ham körib çiqildi.
Çester King poytaxt va Toşkent viloyatidagi psixiatriya hamda narkologiya xizmatlari muassasalariga taşrif buyurganini qayd etib, Özbekistonda ruhiy salomatlik sohasida amalga oşirilayotgan işlarni ijobiy baholadi. U kompaniya nafaqat davlat, balki nodavlat tibbiyot muassasalari bilan ham hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirgan.
Uçraşuv yakunida tomonlar tibbiy xizmat sifati xalqaro standartlar darajasiga kötarilişi, aholi uçun zamonaviy va samarali yordam ta’minlanişi, şuningdek britaniyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda ruhiy salomatlik xizmatini barqaror rivojlantirişga kelişib oldi.
Ma’lumot uçun, International Hospitals Group (IHG) Buyuk Britaniyaning xalqaro tibbiy infratuzilma kompaniyalari qatorida bölib, ruhiy salomatlik sohasida xalqaro standartlarga asoslangan ambulator va statsionar klinikalarni loyihalaştiriş hamda barpo etiş böyiça tajribaga ega. Kompaniya hozirda Yaqin Şarq davlatlarida ham faoliyat olib bormoqda.












