Jamiyat | 10:44
2404
1 daqiqa o‘qiladi

Kompyuter o‘yinxonasida ikki bola pichoqlandi

Olmazor tumanida 19 yoshli yigit kompyuter o‘yinxonasida voyaga yetmagan ikki nafar bolaga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Foto: IIBB

Ma’lum qilinishicha, hodisa kompyuter o‘yinxonasida sodir bo‘lgan. Ayblanuvchi u yerda bo‘lgan voyaga yetmagan bola bilan o‘ziga to‘g‘ri salom bermagani sababli janjallashib ketgan. Yigitning aytishicha, jahl ustida bolaning oyoq qismiga pichoq bilan shikast yetkazgan. Keyin esa yana bir voyaga yetmagan bolani ham pichoqlagan.

Hodisa vaqtida ayblanuvchining sherigi bo‘lgan va u ham do‘sti bilan birga voyaga yetmagan bolalarni kaltaklashda ishtirok etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Исомиддин Пулатов
Tayyorlagan Исомиддин Пулатов

Mavzuga oid