Jahon | 21:42 / 11.02.2026
4063
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh Venesuelaga Rossiya bilan har qanday neft bitimlarini rasman taqiqladi

Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan berilgan yangi litsenziyalarga ko‘ra, Venesuelaning PDVSA davlat neft va gaz kompaniyasi bilan operatsiyalarga ruxsat berish endi sanksiya ostidagi mamlakatlar bilan hamkorlikning yo‘qligi bilan bevosita bog‘liq.

Foto: wsj.com

AQSh Moliya vazirligi Venesuela nefti bilan ishlash shartlarini qat’iylashtirdi, Rossiya va boshqa bir qator davlatlar bilan har qanday kelishuvlarni rasman taqiqladi. Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan berilgan yangi litsenziyalarga ko‘ra, Venesuelaning PDVSA davlat neft va gaz kompaniyasi bilan operatsiyalarga ruxsat berish endi sanksiya ostidagi mamlakatlar bilan hamkorlikning yo‘qligi bilan bevosita bog‘liq.

Amerika idorasi tomonidan chiqarilgan uchta litsenziya Venesuela hukumati, PDVSA va unga aloqador tuzilmalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun alohida cheklovlarni qisman olib tashlaydi. 46A-sonli litsenziya AQSh vakolatli tashkilotlari tomonidan Venesuela neftini eksport qilish, qayta eksport qilish, tashish va qayta ishlashga, 48-sonli litsenziya esa Venesuelada qidiruv va qazib olish uchun tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni yetkazishga ruxsat beradi. Uchinchi litsenziya mamlakat portlari va aeroportlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarga taalluqlidir.

Barcha ruxsatnomalarning asosiy sharti Rossiya, Kuba, Eron va Shimoliy Koreyani, shuningdek, ular nazorati ostidagi tuzilmalarni bitimlarga jalb qilishni bevosita taqiqlashdir.

Bu cheklovlar Rossiyaning Venesuelaga kiritgan sarmoyasiga ta’sir qiladi, Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, bu 17 milliard dollarga yaqin va neft konlaridagi ulushlarni o‘z ichiga oladi. «Rosneft» 2010 yillarning o‘rtalarida PDVSA bilan beshta qo‘shma korxona ochgan. 2020 yilda Venesuela kompaniyasi sanksiyalar ostida qolganida, «Rosneft» Venesuela aktivlaridan chiqishini e’lon qildi, biroq ular yangi tashkil etilgan tuzilmaga - Rossiya hukumatiga 100 foiz tegishli bo‘lgan «Roszarubejneft»ga o‘tkazildi.

Shu yil yanvar oyida Nikolas Maduro hibsga olinganidan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela nefti bundan buyon «AQSh mulki» ekanini aytdi va xorijiy kompaniyalardan Karakas bilan bevosita emas, balki AQSh ma’muriyati orqali ishlashni talab qildi.

Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, 2006 yildan 2017 yilgacha Kreml Venesuela hukumatiga, shuningdek, mamlakatning davlat neft kompaniyasi PDVSA uchun 17 milliard dollar ajratgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid