O‘zbekiston | 11:35
3363
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi

Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi noqulay ob-havo sharoiti - kuchli chaqmoq sabab bir nechta aviareys ekipajlari qo‘nish uchun muqobil aerodromlarga yo‘nalish olishga qaror qildi.

Foto: Kun.uz 

Toshkent aeroportida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti (kuchli chaqmoq) tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

Xususan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Male — Toshkent yo‘nalishidagi HY3526 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Ostona — Toshkent yo‘nalishidagi HY722 reysi ekipaji ham Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalish olishni ma’qulladi.

Bundan tashqari, China Southern Airlines aviakompaniyasining Pekin — Toshkent yo‘nalishidagi CSN6027 reysi ekipaji Bishkekdagi muqobil aerodromga yo‘nalish olishga qaror qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid