Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida chiqindi tashuvchi mashina yonib ketdi
Toshkent shahar Sergeli tumanida “Maxsustrans” DUK xizmatiga tegishli avtomobil yonayotgani haqida xabar tushgan. Hodisa joyiga qutqaruv texnikalari yetib borib, yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirilgan. Jarohatlanganlar yo‘q.
Foto: FVBB
Kecha, 11 fevral kuni soat 18:47 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Sergeli-8 dahasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 18:55 da yetib borib, yong‘in soat 19:07 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Ma’lum bo‘lishicha, aytilgan manzilda “Maxsustrans” DUK xizmatiga tegishli avtomobil yonib, zararlangan.