Jamiyat | 09:23
1778
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda savdo majmuasi tomida tutun: evakuatsiya amalga oshirildi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida «Novza» metro bekati yaqinidagi savdo majmuasi tom qismida yong‘in bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar tomonidan binodagi fuqarolar evakuatsiya qilingan, keyinchalik esa voqea yong‘in emas, elektr kabelining qizishi natijasida tutun hosil bo‘lgan holat ekani ma’lum qilingan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahar «Novza» metro yaqinidagi savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBBga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borib, binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yong‘in soat 18:19 da o‘chirilgani qayd etilgan.

Ushbu holat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Chilonzor tumanida ro‘y bergan hodisa yuzasidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, 11 fevral kuni Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan savdo majmuasining tom qismida taxminan 30 pogon metr masofada elektr kabelining qizishi natijasida quyuq tutun hosil bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in sodir bo‘lmagan.

Qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 18:03 da yetib borgan va vaziyat oqibati qisqa vaqtda bartaraf etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid