O‘zbekiston | 09:10
656
2 daqiqa o‘qiladi

Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanib, sohada vakolatli davlat organi va texnik ko‘riklarni o‘tkazish muddatlari belgilandi.

Foto: Kun.uz 

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 11 fevraldagi 53-son qarori bilan “Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2026 yil 12 maydan kuchga kiradi.

Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Qayd etilishicha, yangi o‘rnatilgan, modernizatsiya (rekonstruksiya) qilingan yoki mukammal ta’mirlangan yuk ko‘tarish qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.

Shuningdek, foydalanishda bo‘lgan yuk ko‘tarish qurilmalari kamida yiliga 1 marta — qisman texnik ko‘rikdan, 3 yilda 1 marta — to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Texnik ko‘riklar mulkdorning yozma yoki elektron murojaati asosida, mulkdor bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan o‘tkazilishi belgilangan. Nizomda texnik ko‘riklar dastlabki, davriy va navbatdan tashqari turlarga ajratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid